SURXON VOHASI AHOLISI XALQ OʻYINLARINING ETNOGRAFIK TAHLILI
Har bir xalqning oʻz milliy oʻyinlari mavjud boʻlib, ular xalq anʼanalari, millatlarning madaniyati va turmushiga xos xususiyatlar zaminida vujudga kelgan. Ularda etnik tarixga borib taqaladigan anʼanalar, ijtimoiy munosabatlar, mafkura, eʼtiqodning ayrim elementlari, axloqiy estetik meʼyorlar aks etadi. Xalq oʻyinlari mamlakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning feʼl-atvorlarini, odatlarini, mehnat jarayonlarini, jugʻrofiy sharoitlarni ifodalaydi. Shuning uchun bugungi kunda xalq oʻyinlari tarixini oʻrganish orqali axloqiy-estetik, jismoniy, maʼnaviy barkamolligini shakllantiruvchi omillardan biri sifatida hayotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan boʻlib qolmoqda.
Maqolaning to'liq PDF nusxasi
Maqolani o'qish uchun PDF faylni oching yoki yuklab oling.