XX ASR BOSHLARIDA SURXON VOHASI AHOLISINING TABOBAT BILAN BOGʻLIQ BILIMLARI: TARIXIY-ETNOGRAFIK TAHLIL
Mazkur maqolada XX asr boshlarida Surxon vohasi, xususan Koʻhitang va unga tutash hududlar aholisining an’anaviy tabobat bilan bogʻliq bilimlari tarixiy-etnografik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish tajribalari, sanitariya-gigiyena qoidalari, tabiiy mineral manbalar va dorivor oʻsimliklardan foydalanish usullari hamda chorvador aholi orasida shakllangan davolash amaliyotlari oʻrganilgan. Shuningdek, mahalliy tabobatning zamonaviy tibbiyot rivojlanishi bilan oʻzgarish jarayonlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari Surxon vohasi aholisining tabiat bilan uygʻunlashgan holda shakllangan tibbiy bilimlari xalq madaniyatining muhim tarkibiy qismi boʻlganligini koʻrsatadi.
Maqolaning to'liq PDF nusxasi
Maqolani o'qish uchun PDF faylni oching yoki yuklab oling.
- Azimov M. Qatagʻonlar. – Qarshi: Nasaf, 2014. – 156 b.
- Umarov I.I. Koʻhitangtogʻ qishloqlari aholisi nomoddiy madaniyatining etnik va lokal xususiyatlari: tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Termiz, 2022. – 160 b.
- Dala yozuvlari. Sherobod tumani, Xatak qishlogʻi. 2025-yil.
- Dala yozuvlari. Boysun tumani, Xomkon qishlogʻi. 2025-yil.
- Dala yozuvlari. Boysun tumani, Chilonzor qishlogʻi. 2026-yil.