NAVOIY VILOYATI YENGIL VA OZIQ- OVQAT SANOATIDA QOʻSHMA KORXONALARNING FAOLIYATI
Ushbu maqola Navoiy viloyatida mustaqillik yillarida yengil va oziq-ovqat sanoati sohasida tashkil etilgan qoʻshma korxonalarning faoliyatini kompleks tahlil qilishga bagʻishlangan. Maqolada 1993-yildan boshlab Italiya, Turkiya, Germaniya, Kipr kabi davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan yirik investitsion loyihalar, xususan, paxta, jun va terini qayta ishlash korxonalari misolida mintaqaning sanoat salohiyati yoritiladi. Shuningdek, qoʻshma korxonalarning eksport faoliyati, viloyatning tashqi savdo aylanmasidagi oʻrni hamda iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻsish dinamikasi statistik maʼlumotlar asosida koʻrsatib berilgan. Soʻnggi yillarda Xitoy va Janubiy Koreya investitsiyalari hisobiga baliqchilik va sintetik ip ishlab chiqarish sohasidagi yangi loyihalar, shuningdek, mahalliy oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish korxonasining yaratilishi tahlil qilinadi.
Maqolaning to'liq PDF nusxasi
Maqolani o'qish uchun PDF faylni oching yoki yuklab oling.
- Navoiy viloyati davlat arxivi. Fond–100, 1-roʻyxat, 31-ish, 16-varaq.
- Navoiy viloyati давлат архиви. Fond–100, 1-roʻyxat, 4-ish, 37-varaq.
- Navoiy viloyati давлат архиви. Fond–100, 1-roʻyxat, 31-ish, 62-varaq.
- Navoiy viloyati давлат архиви. Fond–100, 1-roʻyxat, 135-ish, 19-varaq.
- Ўзбекистон Республикаси. Энциклопедик маълумотнома. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2002. – Б. 333.
- Navoiy viloyati давлат архиви. Fond–100, 1-roʻyxat, 247-ish, 11-varaq.
- Xitoylik tadbirkorlar Navoiyda qoʻshma korxona tashkil etdi // Yangi Oʻzbekiston. – 2020-yil 15-dekabr. – https://yuz.uz/uz/news/xitoylik-tadbirkorlar-navoiyda-qoshma-korxona-tashkil-etdi.
- Koreyalik ishbilarmonlar Navoiy viloyatida yangi qoʻshma korxona tashkil etadi // Biznes24. – Mart, 2022. – https://yuz.uz/uz/news/koreyalik-ishbilarmonlar-navoiy-viloyatida-yangi-qoshma-korxona-tashkil-etadi.
- Agro.uz rasmiy sayti. – https://www.agro.uz/17-08-2023-4/.