SURXОNDАRYО VILОYАTI SАNОАT SАLОHIYАTINI ОSHIRISH BOʻYIСHА INVESTITSIYАLАRNING JАLB QILINISHI (2017-2023-YILLАR)
Maqolada viloyatning, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan hudud boʻlganiga qaramay, sanoat korxonalari sonining oshishi, paxtachilik, oziq-ovqat va qurilish sanoati, shuningdek, yoqilgʻi-energetika, mashinasozlik va kon sanoati kabi yangi tarmoqlarning paydo boʻlishi koʻrsatilgan. Asosiy eʼtibor bozor iqtisodiyotiga asoslangan koʻp ukladli mulkchilik tizimining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi, qoʻshma korxonalar, kichik va oʻrta biznesning rivojlanishi natijasida sanoat ishlab chiqarish hajmining oʻsishiga qaratilgan. Maqolada 2017-yildan 2023-yilgacha boʻlgan davrdagi sanoat mahsulotlari hajmi, oʻsish surʼatlari, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va eksport koʻrsatkichlari, shuningdek, viloyatning turli tumanlari kesimida sanoatning taqsimlanishi va jon boshiga toʻgʻri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilingan.
Maqolaning to'liq PDF nusxasi
Maqolani o'qish uchun PDF faylni oching yoki yuklab oling.
- Холманова Ф.У. Саноат корхоналари иш самарадорлигини ошириш ва қишлоқ тизимидаги тузатишлар // Замонавий фан ва тадқиқотлар. – 2023. – Б. 247, 254.
- Азизов А.С. Тўғридан тўғри хорижий инвестицияларни жалб қилишда молиявий-иқтисодий ва мамлакат хатарларини камайтириш: Иқтисод фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. – Тошкент, 2021. – 11 б.
- Турсунов С. Термиз шаҳри тарихи. – Тошкент: Янги нашр, 2019. – 261 б.
- Раҳимов Б. Ўзбекистоннинг мустақиллик йилларида ижтимоий-иқтисодий ва маданий ҳаёти (Сурхондарё вилояти мисолида, 1991–2018 йиллар). – Тошкент: Янги нашр, 2019. – Б. 56.
- Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси расмий сайти: www.stat.uz