SURXONDARYO: ILM VA TAFAKKUR

Ma'qola yuborish mezoni

“SURXONDARYO: ILM VA TAFAKKUR” JURNALI TAHRIRIYATIDAN

“Surxondaryo: ilm va tafakkur” jurnali yiliga 4 marta (har chorakda) nashr qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi (OAK)ning 2021 yil 12 dekabrdagi № 01-06/25-04 raqamli xati asosida ro‘yxatga olingan. Jurnal “Tarix” ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. Jurnalda o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi maqolalar nashr etiladi. Maqolalar quyidagi tartibda qabul qilinadi: maqola hajmi 6 sahifadan kam bo‘lmasligi lozim. Maqola tahririyatga Times New Roman shrifti, 14 o‘lchovda, 1,5 qator oralig‘ida, chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlardan 2 sm qoldirilgan holatda A4 formatli standart qog‘ozda Word 2000-2023 dasturi, doc yoki docx formatida tursunovsafullo12@mail.ru elektron pochta manzili hamda +998 91 577 90 50; +998 97 695 67 55 raqamli telegram sahifalari orqali qabul qilinadi.

Maqolaga tegishli fan sohasi bo‘yicha fan doktori, professor, fan nomzodi, dotsent yoki tegishli fan bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo’lgan xodimning taqrizi talab qilinadi (Ilova tariqasida maqolaga yozilgan taqrizning imzolangan nusxasi rangli holatda, skanerlangan variantda yuborilishi kerak).

Maqolani rasmiylashtirilganda, dastlab yuqori chap tomondan UO‘K (UDK) qaydi, bir oraliqdan so‘ng bosh harflarda maqola mavzusi, keyingi satrda muallif(lar)ning ismi, sharifi, otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, ish joyi va lavozimi to‘liq, o‘zbek, ingliz va rus tillarida yoziladi. Keyin o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya va kalit so‘zlar keltiriladi. Matnda adabiyotlarga havola kvadrat qavslarda ko‘rsatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati amaldagi davlat standartlari asosida rasmiylashtiriladi. Maqolalar kirill va lotin alifbosida qabul qilinadi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRINING 2024-YIL 31-YANVARDAGI 24-SON BUYRUG‘IGA BINOAN maqolalar xalqaro IMRAD talablari asosida quyidagi namuna bo‘yicha qabul qilinadi:

NAMUNA 

MAVZU (O‘ZBEK, INGLIZ, RUS TILLARIDA) 

Qarshiyev Islom Maxmarahim o’g’li, ish joyi, lavozimi, ilmiy unvon (o‘zbek, ingliz va rus tillarida), elektron pochta manzili, muallifning ORCID identifikatori, ya’ni identifikatsiya raqami; maqolaning DOI raqamli obyekt identifikatori (DOI.org platformasidan ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi identifikator raqami).

Annotatsiya (Abstract / Аннотaция): Annotatsiya o‘rtacha 200-250 so‘zdan iborat bo‘lishi lozim. Agar maqola o‘zbek va rus tilida yozilgan bo‘lsa, Annotatsiyadan keyin, albatta, ingliz tilida ABSTRACT beriladi.

Kalit so‘zlar (Key words / Ключевые слова): Kalit so‘zlar o‘rtacha 8-12 so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.

KIRISH (ВBЕДЕНИЕ / INTRODUCTION) Kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish, kirish.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОД / MATERIALS AND METHODS)

Materiallar va metodlar, materiallar va metodlar, materiallar va metodlar, materiallar va metodlar, materiallar va metodlar, materiallar va metodlar [1] (iqtibos)

MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION) 

Muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar [2] (iqtibos)

NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS) Muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar, muhokama va natijalar [2] (iqtibos)

XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION) Xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa, xulosa.

ADABIYOTLAR ROYXATI (ИСПОЛЬЗОВАННАЯ ЛИТЕРАТУРА / REFERENCES)

1. Goziyev.E.G‘. Umumiy pisixologiya –T.: Sharq, 2010. – В. 459.

2. Doniyorov H.T. Ozbekistonda dunyoviylik va diniylik muvozanatini taminlash – ijtimoiy bararorlikning bosh omili sifatida. “Jamiyat va boshqaruv” jurnali. Toshkent, 2018 yil - № 2 - B. 57- 61.

3. Buranov S.M. China’s geopolitical role and influence in solving the modern Afghan problem // International conference «Scientific research of the SCO countries: synergy and integration», Beijing. 2020. – P.127-132.

4. Rahmatjonova K. Hindiy va o'zbek tillaridagi kelishik shakllarida izomorfizm hodisasi // Ilm sarchashmalari. - Urganch davlat universitetining ilmiy-metodik jurnali, №1, 2019 yil. - B.38-40.

5. Pulatova M.R. Handwritten copies of «Arba’in»works // Indonesian Journal of Education Methods Development. Volume 8, November 2019. – Р. 194-196. ISSN: 0738-0593 (№23, SJIF – 5.083).

6. Barduhn, S. (2014). Developing cross-cultural awareness in the monolingual classroom. Teaching English, British Council, BBC. https://www.teachingenglish.org.uk/article/developingcross-cultural awarenessmonolingual-classroom-0 (adabiyotlar shu tartibda yozilishi lozim)

Maqolada keltirilgan maʼlumotlarning aniqligi va to‘g‘riligiga mualliflar javob beradi.

Bog‘lanish uchun muallifning telefon raqami, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi shart. Muallifning sifatli fotosuratining elektron shakli taqdim etilishi lozim.

Tahririyat maqolalarni tahrir qilish va qisqartirish huquqiga ega. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan maqolalar jurnalda eʼlon qilinmaydi. Maqola mualliflariga tahririyat qo‘lyozmalarni qaytarish va yozma javob berish majburiyatini olmaydi. Maqolani tahrir qilish, nashrga tayyorlash va chop qilishga ketadigan xarajatlarni qoplash uchun ___ ming so‘m miqdorida badal puli to‘lanadi.

“Surxondaryo: ilm va tafakkur” jurnalining mavjud sonlari bilan nashrning rasmiy sayti https://surxondaryoilmtafakkur.uz orqali tanishishingiz va yuklab olishingiz, telegram kanalga https://t.me/surxondaryoilmtafakkur havolasi orqali kirishingiz mumkin.

“Surxondaryo: ilm va tafakkur” jurnali bosh muharriri Tursunov Saypulla Narzullayevich.

Tel: +998 91 577 90 50; +998 97 695 67 55

© 2024 Company, Inc