SURXONDARYO: ILM VA TAFAKKUR

Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, qidiruv O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan amalga oshirilgan. Tadqiqot ishlari davomida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlari topilgan.

Xususan, turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlangan.

Olimlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, ushbu arxeologik topilmalar miloddan avvalgi II — milodiy III asrlarga oid Qang‘, Kushon va Yuechji (Massagetlar) davriga tegishli ekani aniqlangan, deyiladi xabarda.

Hozirda hududda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Ko'rishlar soni: 28

Mualliflar: Shohruh Hamrayev

© 2024 Company, Inc