SURXONDARYO: ILM VA TAFAKKUR

Muzeylar

Termiz arxeologiya muzeyida Surxondaryo viloyatida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar saqlanadi. Viloyat Arxeologiya muzeyi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida» gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi «Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalari to`g`risida» gi 98-sonli va 1999 yil 27 dekabrdagi «Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida» gi 545-sonli qarorlari asosida tashkil etildi. Termiz arxeologiya muzeyida Surxondaryo viloyatida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar saqlanadi. Viloyat Arxeologiya muzeyi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida» gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi «Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalari to`g`risida» gi 98-sonli va 1999 yil 27 dekabrdagi «Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida» gi 545-sonli qarorlari asosida tashkil etildi.

Arxeologiya muzeyi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 oktyabrdagi 08-10-168 sonli majlis bayonnomasiga muvofiq Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga o`tkazildi va Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 10-231 sonli buyrug`iga asosan vazirlik tizimiga kiritildi (endilikda Madaniyat va sport ishlari Vazirligi).

Arxeologiya muzeyining tematik-ekspozitsion rejasi 2001 yil 14 fevraldagi «O`zbekmuzey» jamg`armasining arxeolog olimlar ishtirokidagi kengaytirilgan majlisida tasdiqlanib, Madaniyat ishlari vazirligining muzey ishlari boshqarmasi tomonidan qayta tahrir o`tkazilib, Madaniyat ishlari vazirligiga taqdim etildi. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 231-sonli Buyrug`iga asosan «Arxeologiya» muzeyining fondini yangi eksponatlar bilan boyitish ustida talay ishlar qilindi.

Arxeologiya muzeyining binosi «O`zqishloqloyiha» institutining ilmiy xodimlari tomonidan 100 ming eksponatlarni o`z zahiralarida saqlash imkoniyatiga ega bino sifatida loyihalashtirilgan.

2003 yil Arxеologiya muzеyi fondidagi eksponatlarning umumiy soni 27346 ta edi. 2004 yil davomida esa Arxеologiya muzеyi fondidagi eksponatlarning umumiy soni 27457 taga еtdi. Shundan 19 824 tasi numizmatika fondiga tеgishli tangalar bo`lib hisoblanadi. Hozirgi kunga kеlib, muzeyda jami bo`lib, 8.500 ga yaqin arxеologik ashyoviy topilmalar, 19 824 dona numizmatika fondiga oid turli davrlarga xos tangalar mavjud. Arxеologiya muzеyi o`zining 3 yillik faoliyati davomida muzеy fondini to`ldirish bo`yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdi.

Surxondaryo viloyat o‘lkashunoslik muzeyi— madaniy ma’rifiy muassasa. Termiz shahrida1934 yilda (1933 yilda uyushtirilgan xalq xo‘jaligi ko‘rgazmasi asosida) tashkilqilingan. Muzeyda Termiz va termiziy allomalar tarixi, qadimshunoslik va tangashunoslik, xalq og‘zakiijodi, etnografiyasi, xalq, amaliy san’ati, o‘lka tabiati,sporti, tasviriy san’at bo‘limlari hamda 14 ming nusxadan ziyod asarga ega.Surxondaryo viloyat o‘lkashunoslik muzeyi— madaniy ma’rifiy muassasa. Termiz shahrida1934 yilda (1933 yilda uyushtirilgan xalq xo‘jaligi ko‘rgazmasi asosida) tashkilqilingan. Muzeyda Termiz va termiziy allomalar tarixi, qadimshunoslik va tangashunoslik, xalq og‘zakiijodi, etnografiyasi, xalq, amaliy san’ati, o‘lka tabiati,sporti, tasviriy san’at bo‘limlari hamda 14 ming nusxadan ziyod asarga ega kutubxona bor. Muzey fondi 64 mingdan ortiq (2004). Eksponatlar Surxondaryo viloyatining eng qadim zamonlardan hozirgacha bo‘lgan tarixi vamadaniyati haqida hikoya qiladi: turli davrlarga oid zargarlik buyumlari, turli davrlarda zarb qilingan tangalar, hunarmandlik buyum lari, ganch o‘ymakorligi, me’moriy yodgorliklar qoldiqlari, sopol buyumlar, haykalchalar, to‘qimachilik dastgohlari, uy anjomlari, ish qurollari mavjud. Muzey madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi, ko‘rgazmalar tashkil etadi, ilmiy ishlar nashr qiladi, boshqa ko‘pgina ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Ko'rishlar soni: 41

Mualliflar: Omondalayova Madina

© 2024 Company, Inc